fbpx
Videoretsept: tovuqdan ruletchalar pishloq bilan

Videoretsept: tovuqdan ruletchalar pishloq bilan

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq go’shtidan ko’pgina lazzatli taomlar tayyorlash mumkin. Ulardan biri – tovada pishirirlgan pishloqli ruletchalar. Bunday ruletchalar juda tez va oson tayyorlanadi, mayin va suvli bo’lib pishadi. 

Bu taom uchun biz rossiya mahsuloti «Белебеевский сыр» pishlog’idan foydalandik. 7 xil ta’mdan, biz «Мраморный» (marmar) ni tanladik: ta’mi mayin, va kerakli darajada  yog’li – bu, pishloq eriganda qanday bo’lishi uchun muhim. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tovuq filesi
150 gramm «Белебеевский» marmar pishlog’i
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq yanchilgan kashnich
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
100 gramm un
30 millilitr o'simlik yog'i
20 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini 3 ta yupqa bo’lakga bo’lamiz. Yoki kichikroq va ko’proq bo’laklarga bo’lish mumkin.

Qadam 2
Tugallandi

Har-bir bo’lakni plyonka bilan berkitib, oshxona chopqisi yordamida ikki-tomonini urib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ikki tomoniga ta’bga ko’ra ziravorlar sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pishloqni yupqa ailib kesamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovuq filesi ustiga pishloq bo’lagini qo’yamiz, rulet shaklida o’rab, taxta tayoqchalar sanchib qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ruletchalarni unga bulaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovada o’simlik yog’i va sariyog’ni qizdiramiz. Ruletchalarni tovaga solib, o’rtacha olovda qopqog’ni yopgan holda bir tomonini 5 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Boshqa tomoniga aylantirib, yana 5 daqiqa davomida qopqoq ostida qovuramiz. Chet tomonlarini ham shunday qilib qovurib chiqamiz. Jami 15 daqiqa kerak bo’ladi.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor ruletchalarni tarelkaga solib, dasturxonga tortamiz. Ularni garnir bilan yoki alohida iste’mol qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida..

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tovuq filesi
150 gramm «Белебеевский» marmar pishlog’i
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq yanchilgan kashnich
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
100 gramm un
30 millilitr o'simlik yog'i
20 gramm sariyog'
oldingi
Videoretsept: tunets balig’idan salat
keyingi
Videoretsept: baqlajondan gazak

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.