Videoretsept: Tovuq go’shtidan pishirilgan «Chaxoxbili» taomi
Masalliqlar:
-
1 kilo tovuq go'shtixohlagan joyidan ishlatishingiz mumkin
-
500 gramm pomidor
-
400 gramm piyoz
-
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 bog' petrushka
-
0,5 bog' rayhon
-
1 bog' shivit
-
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
-
60 gramm eritilgan sariyog' (топленое масло)
Yo’nalishlar
Chaxoxbili – bu butun dunyoda mashhur gruzincha taom bo’lib, hatto bizning mamalakatda ham u sevib iste’mol qilinadi. Bu taomni tayyorlashning ko’pgina usullari bo’lib, bugun biz eng sodda variantini taqdim etamiz.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq go'shti | |
500 gramm pomidor | |
400 gramm piyoz | |
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 bog' petrushka | |
0,5 bog' rayhon | |
1 bog' shivit | |
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori | |
60 gramm eritilgan sariyog' (топленое масло) |
Tovuq go'shtini bo'laklarga bo'lamiz.
Qozonga eritilgan sariyog'ni solib qizdiramiz.
Tovuq go'shtini solib biroz qovurib olamiz.
Qopqog'ini yopib, yarim tayyor bo'lgunicha dimlaymiz.
Piyozni yarim halqa qilib to'g'raymiz va tovuqning ustidan solamiz. Aralashtirib olamiz.
Pomidorlarni po'stini archib tashlaymiz va o'zini to'g'rab olamiz. Tovuqning ustidan solamiz va aralashtiramiz.
Qaynash darajasiga keltiramiz va so'ng qopqog'ini yopib, tayyor bo'lgunicha dimlab qo'yamiz.
Barcha ko'katlar va sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab olamiz va taomga solib aralashtiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq go'shti | |
500 gramm pomidor | |
400 gramm piyoz | |
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 bog' petrushka | |
0,5 bog' rayhon | |
1 bog' shivit | |
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori | |
60 gramm eritilgan sariyog' (топленое масло) |