Videoretsept: «Tipratikan» shirinligi
Masalliqlar:
-
Biskvit uchun
-
4 ta tuxum
-
200 gramm shakar
-
120 millilitr o'simlik yog'i
-
200 millilitr sut
-
40 gramm kakao
-
260 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
Krem uchun
-
200 gramm yumshatilgan sariyog'
-
180 gramm quyultirilgan sut
Yo’nalishlar
Mayin va ishtahaochar biskvitdan «Tipratikan» shirinligi oila bilan choy ichishga, hamda bayram dasturxoniga to’g’ri keladi. Ular hamyonbop mahsulotlardan oson tayyorlanadi, ta’mi esa bolalikga qaytaradi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Biskvit uchun |
|
4 ta tuxum | |
200 gramm shakar | |
120 millilitr o'simlik yog'i | |
200 millilitr sut | |
40 gramm kakao | |
260 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
Krem uchun |
|
200 gramm yumshatilgan sariyog' | |
180 gramm quyultirilgan sut |
Biskvit tayyorlaymiz
Tuxum bilan shakarni mikser yordamida ko’pirtiramiz.
Sut va o’simlik yog’i qo’shib, yana ko’pirtiramiz.
Elangan un, kakao va qabartma qo’shib, massa havodor va bir-xil bo’lishi uchun, lopatka bilan aralashtiramiz.
Xamirni pergament qog’ozi solingan patnis yoki qolipga quyib, 180C gacha qizdirilgan pechga 30-35 daqiqaga qo’yamiz.
Tayyor biskvitni butunlay sovutamiz. Qolip yordamida o’rtacha hajmdagi dumaloqchalar kesib, biskvit qoldiqlarini uqalaymiz.
Krem tayyorlaymiz
Sariyog’ va quyultirilgan sutni mikser yordamida krem holatigacha ko’pirtiramiz.
Biskvit dumaloqchasini ustiga krem surtib, ikkinchi dumaloqchani ustiga qo’yamiz.
Pirojniyni usti va chetlariga krem surtib, biskvit uvoqlari ichida aylantirib chiqamiz.
Masalliqlar:
Biskvit uchun |
|
4 ta tuxum | |
200 gramm shakar | |
120 millilitr o'simlik yog'i | |
200 millilitr sut | |
40 gramm kakao | |
260 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
Krem uchun |
|
200 gramm yumshatilgan sariyog' | |
180 gramm quyultirilgan sut |