Videoretsept: somsa-sho’rva
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
800 gramm un
-
400 millilitr iliq suv
-
bir chimdim tuz
-
100 gramm margarin
-
1 ta tuxum
-
1 osh qoshiq kunjutustiga sepish uchun
-
nachinkasi uchun
-
500 gramm qo'y go'shti
-
2 ta kartoshka
-
2 ta piyoz
-
1 ta pomidor
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra zira
-
ta'bga ko'ra paprika
-
50 millilitr suv
-
100 gramm margarinsomsani ichiga solib pishirish uchun
Yo’nalishlar
Somsa turli xil nachinkaga ega, turli xil shakllarda bo’ladi. Suyuq nachinkaga nima deysiz? Qiziqmi?
Bugun biz sizga noodatiy somsani ko’za shaklida qanday tayyorlashni ko’rsatamiz. U nafaqat sizning oila a’zolaringizni, balki mehmonlarni ham hayratda qoldiradi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
800 gramm un | |
400 millilitr iliq suv | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm margarin | |
1 ta tuxum | |
1 osh qoshiq kunjut | |
nachinkasi uchun |
|
500 gramm qo'y go'shti | |
2 ta kartoshka | |
2 ta piyoz | |
1 ta pomidor | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira | |
ta'bga ko'ra paprika | |
50 millilitr suv | |
100 gramm margarin |
Xamir tayyorlaymiz:
Unga sho'r suv va eritilgan margarin solib, xamir qoramiz va 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Nachinka tayyorlaymiz:
Qo'y go'shti, kartoshka va pomidorni mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Piyozni mayda qilib to'g'raymiz, sarimsoqpiyozni maydalaymiz. Barchasini bitta idishda aralashtirib, ziravorlar sepamiz. Suv solib, aralashtiramiz.
Xamirni 60-70 gramm va kichik 40-50 gramm keladigan bo'laklarga bo'lamiz. Barcha bo'laklarni dumaloqlaymiz. Qopqoq ushlagichni yasash uchun ham ozroq xamir qoldiramiz.
Bitta katta va bitta kichik bo'lakli xamirni olib, avval kattasini, so'ngra kichigini 0,2 sm qalinlikda yoyib olamiz.
Chuqur idish olib, ustiga yoyilgan xamirning kattasini solamiz va ustiga 1,5 osh qoshiq nachinka solib, 20 gramm margarin solamiz. Ustidan yoyilgan xamirning kichigini qo'yib, yonlarini tugib chiqamiz. Hosil bo'lgan somsani idishdan olib, qopqog'ining ustiga kichik xamir bo'lagini yopishtiramiz.
Somsalarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, tuxum surtib, kunjut sepamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
800 gramm un | |
400 millilitr iliq suv | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm margarin | |
1 ta tuxum | |
1 osh qoshiq kunjut | |
nachinkasi uchun |
|
500 gramm qo'y go'shti | |
2 ta kartoshka | |
2 ta piyoz | |
1 ta pomidor | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira | |
ta'bga ko'ra paprika | |
50 millilitr suv | |
100 gramm margarin |