Videoretsept: shokoladli brauni
Masalliqlar:
-
200 gramm qora shokolad
-
200 gramm sariyog'
-
5 gramm maydalangan qahva
-
4 ta tuxum
-
330 gramm shakar
-
40 gramm kakao kukuni
-
90 gramm un
-
bir chimdim katta tuz
Yo’nalishlar
Brauni – usti biroz qarsillagan, o’rtasi yumshoq cho’ziluvchan bo’lgan, kuchli shokoladli ta’mga ega mashhur amerika shirinligi.
Klassik brauni qabartmasiz (razrixlitel) tayyorlanadi, xamiri oshmaydi, pishganidan so’ng ham u og’ir, past va biroz nam qolishi kerak. Ustiga ko’pirtirilgan qaymoq yoki muzqaymoq qo’yib, yoki sovuq sut bilan iste’mol qilsangiz yanada mazzali.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm qora shokolad | |
200 gramm sariyog' | |
5 gramm maydalangan qahva | |
4 ta tuxum | |
330 gramm shakar | |
40 gramm kakao kukuni | |
90 gramm un | |
bir chimdim katta tuz |
Chuqur idishda o’rtacha olovda sariyog’ni, randi tillo rangga aylanishni boshlaguncha eritamiz.
Bunday yog’ "beurre noisette" deyiladi, va undan yong’oq hidi keladi.
Olovdan olamiz, maydalangan qahvani qo’shib aralashtiramiz.
Biroz sovugan sariyog’ni shokolad ustiga quyib, eriguncha aralashtiramiz. Erigandan so’ng biroz sovutgani olib qo’yamiz.
Boshqa idishda tuxum bilan shakarni, 10 daqiqa davomida ko’pirtiramiz.
Ustiga shokoladli massani quyamiz. Kakao va un qo’shib, barcha masalliqlar aralashguncha ko’pirtiramiz.
22 sm diametrlik qolipga pergament qog’ozi solib, xamirni solib, tekkislaymiz.
185C gacha qizdirilgan pechga 20 daqiqa qo’yamiz. Pechdan chiqarib qolipni stolga biroz uramiz - brauni ustida siniq chiziqlar paydo bo’ladi. Xohishga ko’ra ustiga biroz tuz sepamiz.
Braunini pechga qo’yib yana 15 daqiqa davomida pishiramiz. Brauni o’rtasiga taxta tayoqcha tiqilganda quruq chiqishi kerak.
Uni pechda ko’p ushab qo’ymaslik muhim, o’rtasi biroz homga o’xshashi mumkin, bu oddiy hol.
Tayyor braunini sovutib, to’rtburchaklarga kesamiz.
Masalliqlar:
200 gramm qora shokolad | |
200 gramm sariyog' | |
5 gramm maydalangan qahva | |
4 ta tuxum | |
330 gramm shakar | |
40 gramm kakao kukuni | |
90 gramm un | |
bir chimdim katta tuz |