Videoretsept: Shilpildoq
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
500 gramm un
-
250 millilitr iliq suv
-
30 gramm tuz
-
1 dona tuxum
-
50 gramm zira
-
Bulyoniga:
-
400-500 gramm ot go'shti
-
400-500 gramm mol yoki qo'y go'shti
-
1 bosh yirikroq piyoz
-
2 ta qizil sabzi
-
2 ta kartoshka
-
birga tortish uchun ko'k piyoz
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra zira
Yo’nalishlar
Shilpildoq – o’zbek oshxonasiga o’zlashgan bu taom qo’shni mamlakat, ya’ni Qozog’istondan kirib kelgan bo’lib, ko’pchilik uni «beshbarmoq» nomi bilan yaxshi taniydi. Xamir va go’shtga boy bolgan bu taom har yoshdagi insonlar orasida sevib istemol qilinadi.
Bu taom yuqori kaloriyali taom bo’lib, lekin bir oyda bir marta iste’mol qilinsa zarar yo’q.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 70 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
500 gramm un | |
250 millilitr iliq suv | |
30 gramm tuz | |
1 dona tuxum | |
50 gramm zira | |
Bulyoniga: |
|
400-500 gramm ot go'shti | |
400-500 gramm mol yoki qo'y go'shti | |
1 bosh yirikroq piyoz | |
2 ta qizil sabzi | |
2 ta kartoshka | |
birga tortish uchun ko'k piyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira |
Chuqurroq qozonga 2 xil go'shtni solib, so'ng ustidan suv quyib qaynatishga qo'yamiz.
Xamirga kerakli mahsulotlardan xamir qorib olamiz. So'ng havo kirmaydigan qilib o'rab qo'yamiz. Xamirni har 15 daqiqada mushtlab turamiz.
Alohida idishga kartoshka va sabzini qaynatishga qo'yib, pishirib olamiz.
Tayyor bo'lgan xamirni yupqa qilib yoyib olamiz va to'rtburchak shaklda kesamiz.
Tayyor bo'lgan sho'rvamizga tuz, zira va 1 dona piyoz solamiz.
Go'shtlarimiz pishganidan so'ng, ularni sho'rvani ichidan olib qo'yamiz.
Endi shu qaynab turgan sho'rvani ichida kesilgan xamirlarimizni pishirib olamiz. Pishgan xamirni likopchaga terib chiqamiz.
Go'shtlarimizni va sabzavotlarimiz(kartoshka va sabzi)ni parrak shaklida kesib chiqamiz. Ularni ham xamir ustidan chiroyli qilib terib chiqamiz.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
500 gramm un | |
250 millilitr iliq suv | |
30 gramm tuz | |
1 dona tuxum | |
50 gramm zira | |
Bulyoniga: |
|
400-500 gramm ot go'shti | |
400-500 gramm mol yoki qo'y go'shti | |
1 bosh yirikroq piyoz | |
2 ta qizil sabzi | |
2 ta kartoshka | |
birga tortish uchun ko'k piyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira |
1 Sharhlar Hide Comments
Zo‘r gap yo‘q