fbpx
Videoretsept: Salatlardan qilingan assorti

Videoretsept: Salatlardan qilingan assorti

Masalliqlar:

  • Salat №1

  • Salat №2

  • Salat №3

Yo’nalishlar

Bir-biridan mazali mana bunday uch xil salatlarni yaxlitlikda Siz azizlarga tortiq etishga qaror qildik! Chunki aynan hozir ko’pchilik Yangi yil dasturxoniga nimalar tayyorlasam ekan deb, o’ylab yuribdi.

Mana bunday g’oya esa sizlarga manzur keladi degan umiddamiz!

Shuning, xohlagan salatlaringizdan ana shunday ko’rinishli assorti tayyorlashingiz mumkin.

Qadam 1
Tugallandi

Salat №1

Bodring, tuxum, qisqichbaqa tayoqchalari va ko'k piyozni (ko'k piyozdan salatni bezatish uchun ozrog'ini olib qo'yamiz) mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga solib, konservalangan makkajo'xori va mayonezni solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Salat №2

Qaynagan va to'liq sovigan tovuq filesini to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pishloqni ham ozrog'ini bezatish uchun olib qo'yib, qolganini to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Ananasni ham o'rtacha kattalikda to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tog'orachaga pishloq, ananas, tovuq filesini solamiz. Xantal donachalari va mayonezni ham solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Salat №3

Dudlangan tovuq, pishloq va pomidorlarni bir xil kattalikda, to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Hammasini bitta tog'orachaga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Maydalangan sarimsoqpiyoz va ko'katlarni solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Mayonez, tuz va murchni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Likopchalarga solamiz:

Likopchani teng 6 ga bo'lib, salat barglari bilan bir-biridan ajratib, salatlarni solib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Har bir salat ustini xohishga qarab bezatib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Videoretsept: Juda yumshoq asalli tort (Medovik)
keyingi
Tuxumli pashot. Tayyorlash sirlari.

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.