Videoretsept: qulupnaylik muzqaymoq
Masalliqlar:
-
450 gramm qulupnay
-
400 millilitr yog'li qaymoq
-
400 millilitr quyultirilgan sut
-
1 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Sizga mazzali va xushbo’y qulupnaylik muzqaymoq tayyorlash usulini taqdim etamiz. O’z qo’lingiz bilan tayyorlangan bu shirinlik katta-yu kichikni befarq qoldirmaydi. Zararli qo’shimchalarsiz oddiy va tabiiy shirinlik.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
450 gramm qulupnay | |
400 millilitr yog'li qaymoq | |
400 millilitr quyultirilgan sut | |
1 choy qoshiq vanil shakari |
Tayyorlashdan 1 soat oldin past haroratga chidamli qolipni muzlatgichga qo’yamiz.
Qulupnayni oqar suvda yaxshilab yuvamiz. So’ngra ortiqcha namliklarni olib tashlash uchun ularni quritamiz.
Qulupnayni chuqur idishga solib blender yordamida pyure qilamiz.
Boshqa idishda yog’li qaymoqni mikser bilan baland tezlikda ko’pirtiramiz. U qattiq, shakl ushlaydigan holatga kelishi kerak.
Qulupnay va ko’pirtirilgan qaymoqni aralashtiramiz.
Quyultirilgan sut va vanil shakari yoki vanil qo’shamiz. Barcha masalliqlar birlashgunicha arlashtiramiz.
Hosil bo’lgan massani sovutilgan qolipga solib, yopishqoq plyonka bilan berkitamiz. Muzlatgichga 7 soatga qo’yamiz.
Masalliqlar:
450 gramm qulupnay | |
400 millilitr yog'li qaymoq | |
400 millilitr quyultirilgan sut | |
1 choy qoshiq vanil shakari |