Videoretsept: qo’ziqorin va ismaloqli pasta
Masalliqlar:
-
200 gramm Makfadan LIVINGOOD Pasta with oats pastasi
-
50 gramm ismaloq
-
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
200 gramm shampinyon
-
1 ta kichik limon
-
100 gramm qaymoq
-
ta'bga ko'ra tuz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Agar siz tezda mazali va to’yimli kechki ovqat yoki tushlik tayyorlashingiz kerak bo’lsa, unda qo’ziqorinli pasta sizga bunda yordamga keladi. Undagi hamma narsa ajoyib – tashqi ko’rinishi, xushbo’yligi va ta’mi, eng muhimi, organizimimiz uchun foydasi.
Tayyorlanishi uchun biz LIVINGOOD Pasta with oatsdan foydalanamiz, tarkibida suli beta-glyukan mavjud bo’lib – bu suli kepagi tarkibiga kiruvchi noyob tabiiy immunostimulyatordir. Makaron nafaqat foydali, balki mazali bo’lib ham chiqadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 31 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm Makfadan LIVINGOOD Pasta with oats pastasi | |
50 gramm ismaloq | |
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
200 gramm shampinyon | |
1 ta kichik limon | |
100 gramm qaymoq | |
ta'bga ko'ra tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Sarimsoqpiyozni mayda qilib to'g'raymiz.
Qo'ziqorinni ingichka bo'laklarga bo'lamiz.
Tovaga yog' quyib, sarimsoqpiyoz solib, yog' sarimsoqpiyoz isiga to'yinishi uchun 2-3 daqiqa qizdiramiz. Ammo sarimsoqpiyoz kuyib ketmasligini nazorat qilib boring.
So'ngra qo'ziqorin solib, qopqog'ini yopgan holda o'rtacha olovda 7-10 daqiqa qo'ziroqin yumshagunicha pishiramiz.
Ismaloq, tuz solib, aralashtiramiz va qopqog'ini ochib qo'yib, 3-5 daqiqa ismaloq yumshagunicha pishiramiz.
Limon sharbati va qaymoq solib, aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz.
Pastani qadog'ida ko'rsatilganidek qaynab turgan ko'p sho'r suvda qaynatib olib, pishganidan so'ng suvini to'kib tashlaymiz.
Masalliqlar:
200 gramm Makfadan LIVINGOOD Pasta with oats pastasi | |
50 gramm ismaloq | |
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
200 gramm shampinyon | |
1 ta kichik limon | |
100 gramm qaymoq | |
ta'bga ko'ra tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |