Videoretsept: o’rik va malinali quyma pirog
Masalliqlar:
-
250 millilitr kefir
-
250 gramm un
-
180 gramm shakar
-
2 ta tuxum
-
50 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
400 gramm o'rik
-
100 gramm malina
Yo’nalishlar
Bu retsept asosida tayyorlangan o’rik va malinali pirog juda mazali va xushbo’y bo’lib pishadi. Hozir rezavor mevalar g’arq pishgan paytda ulardan to’yib iste’mol qilish va har xil pishiriqlar tayyorlashga ulgurishimiz lozim.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 millilitr kefir | |
250 gramm un | |
180 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
50 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
400 gramm o'rik | |
100 gramm malina |
Tog'orachaga kefir, tuxum, shakar, vanil shakari va eritilgan sariyog'ni solamiz. Venchikda aralashtirib olamiz.
Un, tuz va qabartmani elab olamiz.
Suyuq aralashmani quruq massa ustidan solib, venchikda aralashtirib olamiz.
Aylanasi 20 sm li qolipga yog' surtamiz.
Qolipga xamirning yarmini quyib, mevalarning ham teng yarmini terib chiqamiz.
So'ng xamirning qolganini ham quyib, ustidan mevalarni terib chiqamiz.