fbpx
Videoretsept: Mandie Pie tayyor aralashmasidan «Zebra» keksi

Videoretsept: Mandie Pie tayyor aralashmasidan «Zebra» keksi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’p, ammo o’zingiz va oila a’zolaringizni mazali va sifatli pishiriq bilan siylashni istayapsizmi? Unda sizga Mandie Pie tayyor aralashmalari yordamga keladi.

Ushbu aralashmalar bilan har safar turli xildagi ta’mlarini qo’shib, yangilik yaratish mumkin. Masalan bugun biz qanday qilib barcha sevib iste’mol qiladigan «Zebra» keksini tayyorlash mumkinligini ko’rsatamiz.

Keks 24-26 smli qolipga mo’ljallangan.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Tayyor aralashmalarni ikki xil idishga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Har biriga 250 millilitr iliq sut va 50 millilitr yog' quyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Har birini alohida mikser yordamida aralashtirib olamiz,

Qadam 4
Tugallandi

Pishirish uchun diametri 24-26 smli qolipni tayyorlaymiz. Tagi va yonlarini yog'laymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolip markaziga 2 osh qoshiqdan oq va qora xamirlarni navbatma-navbat quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Keksimizni 170 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-45 daqiqaga yuboramiz. Tayyor bo'lganini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor bo'lgan pirogni sovutib, so'ngra qolipdan olamiz va ta'bga ko'ra shokolad va rezavor mevalar bilan bezak beramiz.

Shokoladli ganash qanday tayyorlanadi: shokoladni (90 g) sindirib, ustiga issiq qaymoq (150 ml) quyib, aralashtiramiz, ozgina sovutib so'ngra keksni bezatishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Instagram sahifasi: mandiepiefood

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Turkcha desert (syutlach)
keyingi
Videoretsept: asalli pirojniylar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.