fbpx
Videoretsept: malinali muzqaymoq-tort

Videoretsept: malinali muzqaymoq-tort

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Muzqaymoq-tort – yozgi bayram uchun ajoyib, tetiklantiruvchi desert bo’la oladi. Bunday tortni tayyorlash esa, hatto yosh bolaga ham qiyinchilik tug’dirmaydi.

Qolaversa, yozning jaziramasida muzqaymoq chinakam qutqaruvchi vazifasini o’taydi. Garchi uni istalgan do’kondan sotib olishingiz mumkin bo’lsa-da, bu tetiklashtiradigan shirinlikni o’z qo’llaringiz bilan pishirish ancha qiziqroq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm malina
3 osh qoshiq limon sharbati
700 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
380-400 gramm quyultirilgan sut 1 banka
200 gramm qumoq pechenye (pesochniy) hoxushga qarab
Qadam 1
Tugallandi

Malinani limon sharbati bilan blenderda maydalaymiz. Chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yangi va sovuq qaymoqni mikser yordamida qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ko'pirtirishni to'xtatmagan holda quyultirilgan sut qo'shamiz va 1-2 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashmaga malinali pyureni qo'shib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra bo'lajak muzqaymoqni (diametri 20-24 smli) qolipga yoki alohida stakanchalarga solamiz.
Buning uchun silikon qolip to'g'ri keladi. Shuningdek istalgan konteynerni ichini yopishqoq plyonka bilan qoplab ham ishlatish mumkin.

Qadam 6
Tugallandi

Agar biz pechenye solingan muzqaymoqli tort tayyorlasak, unda qolipga muzqaymoqni 2/3 qismini quyib, qolgan qismiga pechenye maydalab, so'ngra qolipga quyishimiz kerak bo'ladi.

Qadam 7
Tugallandi

Muzqaymoq qotishi uchun 6 soatga muzxonaga yuboramiz.

Tayyor muzqaymoqni qolipdan olib, ta'bga ko'ra bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 10
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm malina
3 osh qoshiq limon sharbati
700 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
380-400 gramm quyultirilgan sut 1 banka
200 gramm qumoq pechenye (pesochniy) hoxushga qarab
oldingi
Moxito
keyingi
Qahvali pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.