fbpx
  • Asosiy
  • Nonushtalar
  • Videoretsept: lavashdan tayyorlangan pomidor va pishloqli konvertchalar
Videoretsept: lavashdan tayyorlangan pomidor va pishloqli konvertchalar

Videoretsept: lavashdan tayyorlangan pomidor va pishloqli konvertchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar nonushtaga tuxum yeyish joningizga tegkan bo’lsa va boshqa noodatiy taom istasangiz-u, lekin tayyorlash uchun ko’p vaqt sarflashni istamasangiz, unda aynan siz uchun bizda ajoyib retsept mavjud.

Lavash xamiridan tayyorlangan pomidor va pishloqli konvertchalar tayyorlashingizni maslahat beramiz. Ushbu taom yetarlicha to’yimli bo’lib, ishtahaochar ko’rinishga ega va qolaversa katta va kichikga birdek yoqadi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta lavash xamiri
200-250 gramm "suluguni" pishlog'i motsarella yoki brinza ishlatsa ham bo'ladi
250 gramm pomidor
Qadam 1
Tugallandi

Pomidorni po'stidan ajratib, to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichning yirik tishidan o'tkazamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Lavash xamirini to'g'ri to'rtburchak shaklida kesamiz, hajmini o'zingiz tanlashingiz mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Lavash xamiriga pomidor va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni qo'yib, uchburchak shaklida o'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Konvertchalarni ikki taraflama quruq tova yoki grill tovasida qovurib olamiz.
Tayyor bo'lgan taomni issiqligida o'zingiz yoqtirgan qayla bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

reklama huquqi ostida

  • Portsiya 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta lavash xamiri
200-250 gramm "suluguni" pishlog'i motsarella yoki brinza ishlatsa ham bo'ladi
250 gramm pomidor
oldingi
Videoretsept: «Kulinar» dan kievcha kotletlar
keyingi
Videoretsept: tovuq va makkajo’xorili pitsa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.