fbpx
Videoretsept: «Karbonara» pastasi

Videoretsept: «Karbonara» pastasi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

«Karbonara» dunyoda eng mashhur pasta hisoblanadi. Mashhurliginig siri masalliqlarning xamyonbopligi va tez tayyorlanishidadir. Uni tayyorlash uchun sizga pasta, tuxum, parmezan pishlog’i, bekon va atigi 30 daqiqa vavt kerak bo’ladi. Sous kerakligiday bo’lishi uchun retsept asosida tayyorlash kerak. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm spagetti
120 gramm dudlangan kurka go'shti
3 ta tuxum sarig'i
70 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
20 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Tuzli suvda spagettini qaynatamiz.
Spagetti qaynatilgan suvdan sous uchun 100 ml oldindan olib qo’ying.

Qadam 2
Tugallandi

Spagetti qaynaguncha dudlangan indeykani somoncha shaklida to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Indeykani o’simlik yog’ida biroz qovuramiz. Pressdan chiqarilgan sarimsoqpiyozni qo’shib, yana 1 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaynagan spagettini tovaga solamiz, yaxshilab aralashtirib, olovdan olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishda tuxum sarig’i, mayda qirg’ichdan shiqarilgan parmezan pishlog’i, 1 osh qoshiq o’shimlik yog’ini birlashtirib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuxumli sousni pastaga qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz. Tovani olovdan olishni unutmang, bo’lmasam tuxum pishib qoladi. Aralashtirish oson bo’lishi va barcha masalliqlar yaxshi aralashishi uchun oldindan tayyorlangan spagetti suvini qo’shamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pastani issiqligida dasturxonga tortamiz. Ustiga murch va parmezan sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm spagetti
120 gramm dudlangan kurka go'shti
3 ta tuxum sarig'i
70 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
20 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq qora murch
oldingi
Videoretsept: forshmakni nima bilan dasturxonga tortamiz
keyingi
Videoretsept: kapkeyklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.