Videoretsept: «Jodugar panjasi» pechenyesi
Masalliqlar:
-
180 gramm yumshatilgan sariyog'
-
120 gramm shakar upasi
-
1 ta tuxum
-
320 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
1 ta apelsin sedrasi
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
30 dona tozalangan bodom
-
10 gramm kakao
Yo’nalishlar
Qo’rqinchli, ammo juda shirin pechenye Hellovin qutlash kechasida dasturxon markazi bo’lishi aniq. Ular juda oson tayyorlanishi sababli, pishirish jarayoniga farzandlarni jalb qilib, birgalikda maroqli vaqt o’tkazish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
120 gramm shakar upasi | |
1 ta tuxum | |
320 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 ta apelsin sedrasi | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
30 dona tozalangan bodom | |
10 gramm kakao |
Idishda yumshoq sariyog’, shakar upasi, tuz va vanil shakarini birlashtiramiz. Mikser yoki ko’pirtirgich yordamida aralashtiramiz.
Tuxum va apelsin sedrasini qo’shamiz. Un va qabartma qo’shib, yumshoq qumoq xamir qoramiz. Xamirni sovutgichga 15 daqiqaga qo’yamiz.
Xamirni 30 qismga bo’lib, har birini uzunligi panjadan biroz uzun, yupqa kolbasa shakliga keltiramiz.
Ularni pergament qog’ozi solingan patnisga terib, ikkita chuqurcha qilamiz, “falangalar” hosil qilish uchun. Pichoq yordamida biroz kesamiz, panjadagi ajinga o’xshatib, bodomni esa tirnoq o’rniga qo’yamiz.
Pechenyeni 180C gacha qizdirilgan pechda 10-15 daqiqa davomida pishiramiz.
Masalliqlar:
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
120 gramm shakar upasi | |
1 ta tuxum | |
320 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 ta apelsin sedrasi | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
30 dona tozalangan bodom | |
10 gramm kakao |