fbpx
Videoretsept: italyancha toblatma

Videoretsept: italyancha toblatma

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuqli toblatma – juda oson va mashhur uy taomlaridan biri. Agar sevimli taomingizga biroz yangilik qo’shishni istasangiz,  bu oson uslubda italyancha toblatmani tayyorlab ko’ring.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 75 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm tovuq filesi
2 ta pomidor
2 osh qoshiq smetana yoki mayonez
12-15 dona zaytun mevasi
200 gramm motsarella pishlog'i
3 dona rayhon bargi
2-3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
ta’bga ko’ra italyancha xushbo'y ziravorlar
20 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini biroz kesib, o’simlik yog’i surtilgan qolipga solamiz. Tuz, murch va italyancha ziravorlar qo’shamiz.

Qadam 2
Tugallandi

180C gacha qizdirilgan pechga 15-20 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pomidorlarni kubik shaklida kesamiz, rayhon va sarimsoqpiyozni maydalaymiz. Zaytunni o’rtasidan bo’lamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pishloqni yarimini qirg’ichdan chiqaramiz, ikkinchi yarimini yupqa bo’laklarga kesamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishda sabzavotlarni birlashtirib, qirg’ichdan chiqarilgan pishloq va smetanani qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sabzavotlar aralashmasini pishgan tovuq ustiga solamiz. Ustiga pishloq bo’laklarini teramiz.

Qadam 7
Tugallandi

200C gacha qizdirilgan pechda 15-20 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm tovuq filesi
2 ta pomidor
2 osh qoshiq smetana yoki mayonez
12-15 dona zaytun mevasi
200 gramm motsarella pishlog'i
3 dona rayhon bargi
2-3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
ta’bga ko’ra italyancha xushbo'y ziravorlar
20 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: qahvali keks
keyingi
Videoretsept: «Baunti» batonchiklari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.