fbpx
Videoretsept: gulsimon pirojkilar

Videoretsept: gulsimon pirojkilar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Ingichka yoyiladigan xamirturushsiz xamirdan go’shtli pirojkalar tayyorlash usuli. Ular juda mazzali, qarsillagan va ichida ko’p nachinkali bo’ladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 32 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 gramm un
100 millilitr qaynoq suv
65 millilitr o'simlik yog'i
2 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
350 gramm qaynatilgan go'sht
100 gramm qovurilgan piyoz
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
70 millilitr go'sht bulyoni
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Elangan unga yog’, qaynoq suv va tuz qo’shamiz. Barchasini qoshiqda aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir qoramiz, paketga solib 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz. Tayyor xamir yumshoq va elastik bo’lishi kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Go’shtni tayyor bo’lguncha qaynatamiz, keyin go’sht maydalagichdan chiqaramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Piyozni mayda kubik shaklida to’g’rab, o’simlik yog’ida qovuramiz. Qiyma va piyozga tuz, go'sht bulyoni va ziravorlarni qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 10 ta qismga bo’lib, har birini dumaloq shaklga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Dumaloqchani 18 sm diametrda yoyamiz. O’rtasidan chetga kesamiz, burchakga 1 qoshiq nachinka solib, kesilgan tomonidan xamirni konus shaklida o’raymiz. Chetlarini chimchilab qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pirojkalarni pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz. 200C darajagacha qizdirilgan pechda taxminan 30 daqiqa davomida biroz qizartirib pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 gramm un
100 millilitr qaynoq suv
65 millilitr o'simlik yog'i
2 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
350 gramm qaynatilgan go'sht
100 gramm qovurilgan piyoz
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
70 millilitr go'sht bulyoni
oldingi
Baqlajondan pashtet
keyingi
Batafsil fotoretsept : o’rik qo’shilgan tvorogli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.