Videoretsept: fransuzcha salat
Masalliqlar:
-
100 gramm qizil lavlagi
-
100 gramm bodring
-
100 gramm qizil sabziyoki sabzili salat
-
100 gramm karam
-
50 gramm "Pay kartoshkasi" kartoshka tilimitayyor holida
-
120 gramm lahm mol go'shti
-
150 gramm mayonez
-
go'shtni qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Fransuzcha salat boshqa salatlardan o’zining o’zgacha tarzda dasturxonga tortilishi bilan ajralib turadi. Ushbu mazali, yorqin va to’yimli salat yaqinlaringiz e’tiboridan chetda qolib ketmaydi.
Videoretseptimiz sizlarga bunday salatni qanday qilib osongina tayyorlash mumkinligini ko’rsatadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm qizil lavlagi | |
100 gramm bodring | |
100 gramm qizil sabzi | |
100 gramm karam | |
50 gramm "Pay kartoshkasi" kartoshka tilimi | |
120 gramm lahm mol go'shti | |
150 gramm mayonez | |
go'shtni qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Go'shtni ingichka bo'laklarga bo'lib, tuz va murch sepamiz. So'ngra tayyor bo'lguniga qadar o'simlik yog'ida qovurib olamiz.
Barcha sabzavotlarni qirg'ichdan chiqarib, karamni pichoqda maydalaymiz.
Idishga aylana shaklida bodring, sabzi, lavlagi, kartoshka, karam, qovurilgan go'sht qo'yamiz. Go'shtni dudlangan kolbasa bilan almashtirish mumkin.
Mayonezni o'rtasiga qo'yib, salatni faqatgina dasturxonga tortishdan oldin aralashtiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
100 gramm qizil lavlagi | |
100 gramm bodring | |
100 gramm qizil sabzi | |
100 gramm karam | |
50 gramm "Pay kartoshkasi" kartoshka tilimi | |
120 gramm lahm mol go'shti | |
150 gramm mayonez | |
go'shtni qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |