fbpx
Videoretsept: forshmakni nima bilan dasturxonga tortamiz

Videoretsept: forshmakni nima bilan dasturxonga tortamiz

Masalliqlar:

  • Kartoshka uchun

  • Sarimsoqpiyozli non uchun

Yo’nalishlar

Forshmak — yaxudiy oshxonaning an’anaviy gazagi. Oddiy qilib aytganda — sariyog’, tuxum, olma va piyoz qo’shilgan seld balig’idan pashtet. Bu sovuq taomni odatda tost, qaynatilgan kartoshka, olma yoki limon bilan iste’mol qilishadi.

Bu retseptda biz forshmakni nima bilan dasturxonga tortish mumkinligini ko’rsatamiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm Odessacha Forshmak
1 ta nordon olma
3 bo'lak qora non
Kartoshka uchun
5 ta kartoshka
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' shivit
40 gramm sariyog'
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Sarimsoqpiyozli non uchun
1 ta toster yoki baton noni
5 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
80 gramm sariyog'
1 bog' petrushka
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Tozalangan kartoshkani 2-4 qismga bo’lamiz. O’rtacha olovda tayyor bo’lguncha, taxminan 20-30 daqiqa davomida qaynatamiz. Tayyor bo’lish vaqti kartoshka turiga bog’liq.

Qadam 2
Tugallandi

Shivit (ukrop) va sarimsoqpiyozni mayda to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qaynatilgan kartoshkadan suvni to’kib, kastrulyaga sariyog’, shivit, ziravorlar va sarimsoqpiyoz qo’shamiz. Kastrulya qopqog’ini berkitib yaxshilab silkitamiz, masalliqlar bir-biri bilan birlashib aralashishi uchun.

Qadam 4
Tugallandi

Nonni bo’laklarga kesamiz.

Qadam 5
Tugallandi

O’rtacha idishda yumshatulgan sariyog’, ziravorlar, maydalangan sarimsoqpiyoz va maydalangan shivitni aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Hosil bo’lgan sarimsoqpiyozli sariyog’ni nonga surtamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bagetni pergament qog’ozi qog’ozi solingan patnisga qo’yib, 200C gacha qizdirilgan pechda 15 daqiqa davomida qizarguncha pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Olma va limonni istalgan shaklda kesamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Katta tarelkaning o’rtasiga forshmakni solamiz, atrofiga esa tayyorlangan qo’shimchalarni terib chiqamiz: sarimsoqpiyozli non, qora non, kartoshka, olma va limon.

Forshmakni «Korzinka» supermarketlaridan sotib olish mumkin.

Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb

Reklama huquqi asosida.

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 5
  • Oddiy
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm Odessacha Forshmak
1 ta nordon olma
3 bo'lak qora non
Kartoshka uchun
5 ta kartoshka
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' shivit
40 gramm sariyog'
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Sarimsoqpiyozli non uchun
1 ta toster yoki baton noni
5 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
80 gramm sariyog'
1 bog' petrushka
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
oldingi
Videoretsept: shokoladli pankeyklar
keyingi
Videoretsept: «Karbonara» pastasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.