fbpx
Videoretsept: brokkolidan kotlet

Videoretsept: brokkolidan kotlet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar oila a’zolaringiz brokkolini yaxshi ko’rishmasa, bu ishtahaochar kotletlar barchani hayratda qoldiradi. Ajoyib ta’mli, oson va foydali pishloqli va brokkolilik gazak retsepti.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta katta brokkoli karami
40 gramm quritilgan non bo'laklari
20 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
70 gramm motsarella pishlog'i
1 osh qoshiq tuz
15 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Brokkolini mayda bo’laklarga bo’lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynayotgan suvga tuz qo’shib, brokkolini solamiz va 5-8 daqiqa davomida o’rtacha olovda qaynatamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Brokkolini durshlagga olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Brokkolini idishga olib, sanchqi yordamida pyure holatiga keltiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Panirovka uchun non uvoqlari va parmezan qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Hosil bo’lgan massadan o’rtacha hajmda dumaloqchalar yasab, o’rtasiga motsarella bo’lagini solib, kotlet shakllantiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kotletni o’simlik yog’ida har tomonini 1-2 daqiqadan qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor kotletlarni iliq holatda dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta katta brokkoli karami
40 gramm quritilgan non bo'laklari
20 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
70 gramm motsarella pishlog'i
1 osh qoshiq tuz
15 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: uyda tayyorlangan quyultirilgan sut
keyingi
Videoretsept: qahvali keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.