fbpx
Videoretsept: apelsindan marmelad

Videoretsept: apelsindan marmelad

Masalliqlar:

  • Bezak uchun

Yo’nalishlar

Magazindan sotib olingan qandlar o’rniga apelsin sharbatidan tabiiy marmelad tayyorlashni tavsiya qilamiz. Tayyorlanishi oson va ko’p vaqt talab qilmaydi, natijasi esa barchani hayron qoldiradi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
480 millilitr apelsin sharbati
140 gramm shakar
80 gramm makkajo'xori kraxmali
20 gramm sariyog'
Bezak uchun
100 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishga sharbatni quyib shakar qo’shamiz. Past olovda shakar eriguncha isitamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Makkajo’xori kraxmali qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Massa biroz quyuqlashgandan keyin sariyog’ qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Quyulgan massani plyonka solingan qolipga quyamiz va qatiguncha sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qatigan marmeladni kubiklarga kesamiz va shakar sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
480 millilitr apelsin sharbati
140 gramm shakar
80 gramm makkajo'xori kraxmali
20 gramm sariyog'
Bezak uchun
100 gramm shakar
oldingi
Videoretsept: «Pishloqli bulutlar» salati
keyingi
Videoretsept: uyda tayyorlangan qattiq pishloq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.