fbpx
Videoretsept: amerikancha olchali pirog

Videoretsept: amerikancha olchali pirog

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Olchali asosiga:

    • Ustiga:

    Yo’nalishlar

    Bugungi olcha bilan pishiriladigan pirogimiz juda mazali bo’lib, bunda muzlatilgan, konservalangan yoki yangi uzilgan olchalardan foydalanishimiz mumkin.

    Olchaning nordon ta’mi pirogga o’zgacha ta’m bag’ishlaydi.

    Pishirilgan pirogga sarflaniladigan pul taxminan — 19 000 so’m.*

    *mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

    Masalliqlar:

    330 gramm un
    240 gramm margarin yoki sariyog'
    90 millilitr muzdek suv
    0,5 choy qoshiq tuz
    1 choy qoshiq vanil
    Olchali asosiga:
    500 gramm danagidan tozalangan olcha
    150 gramm shakar
    30 gramm makkajo'xori kraxmali
    2 choy qoshiq maydalangan dolchin
    Ustiga:
    1 dona tuxum sarig'i
    ta'bga qarab qo'ng'ir rangli shakar
    Qadam 1
    Tugallandi

    Un, vanil va tuzni elab, tog'orachaga solamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Muzdek margarin yoki sariyog'ni kubikchalarga to'g'rab, un ustidan solamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Sanchiq bilan uvalab olamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    1 osh qoshiqdan muzdek suv quyib, xamir qoramiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Xamirni teng ikkiga bo'lamiz, aylana qilib yelim qog'ozga solamiz va 2 soatga olib qo'yamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Asosini tayyorlab olamiz: olcha, kraxmal, shakar va dolchinni solib aralashtirib olamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Xamirni olib yupqa yoyamiz va qolipga joylashtiramiz. Qolip aylanasi 24 sm hajmda b'lsin.

    Ustidan asosni tekis qilib solamiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Xamirni ikkinchi qismini olib yoyamiz va ulardan uzun lentalar kesib olamiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Kesilgan xamirlarni pirog ustidan chiroyli terib chiqamiz.

    Qadam 10
    Tugallandi

    Ustidan tuxum surtamiz va shakar sepamiz.

    Qadam 11
    Tugallandi

    180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    330 gramm un
    240 gramm margarin yoki sariyog'
    90 millilitr muzdek suv
    0,5 choy qoshiq tuz
    1 choy qoshiq vanil
    Olchali asosiga:
    500 gramm danagidan tozalangan olcha
    150 gramm shakar
    30 gramm makkajo'xori kraxmali
    2 choy qoshiq maydalangan dolchin
    Ustiga:
    1 dona tuxum sarig'i
    ta'bga qarab qo'ng'ir rangli shakar
    oldingi
    Pastitsio – grekcha toblatma
    keyingi
    Brokkoli va gulkaramdan toblatma

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.