fbpx
Videoretsept: «Alio va olio» pastasi

Videoretsept: «Alio va olio» pastasi

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shirin italyancha pasta tayyorlash uchun, har doim ham g’ayrioddiy  masalliqlar kerak bo’lmaydi. «Alio va olio» buni tasdiqlaydi. Tarkibida oddiy masalliqlar – pasta, sarimsoqpiyoz, zaytun yog’i, petrushka va bir chimdim quritilgan achchiq qalampir, mazasi esa ta’rifga ojiz! 

«Alio va olio» — bu eski an’anaviy italyan usuli bo’lib, pasta zaytun yog’ida qovurilgan sarimsoqpiyozli sous ostida tortiladi. Nomi o’zi aytib turadi: italyanchadan «aglio e olio» «sarimsoqpiyoz bilan yog’»  deb tarjima qilinadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm "Sultan" makaronlari, uyalar
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir
yarim bog' petrushka
80 millilitr zaytun yog'i
0,5 osh qoshiq tuz
Qadam 1
Tugallandi

Sarimsoqpiyoz va petrushkani maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Zaytun yog’ida sarimsoqpiyozni o’rtacha olovda qizartirib qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qurutilgan achchiq qalampir qo’shib, 1 daqiqa davomida dimlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Maydalangan petrushkani qo’shib, sousni aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pastani tuzli suvda qadoqdagi ko’rsatmada yozilganday qaynatib olamiz. Durshlagga olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sousga qaynatilgan pastani qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pastani iliq holatda, xohishga ko’ra pishloq sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishataha!


Reklama huquqi asosida.

Instagram: @sultan_pastamia

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm "Sultan" makaronlari, uyalar
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir
yarim bog' petrushka
80 millilitr zaytun yog'i
0,5 osh qoshiq tuz
oldingi
Videoretsept: yaponcha moti shirinligi
keyingi
Videoretsept: muzqaymoqli qahva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.