Uy sharoitida tayyorlangan xorovats salati
Masalliqlar:
-
1 kilo baqlajon
-
4-5 ta qizil bulg'or qalampiri
-
4-5 ta pomidor
-
1 bog' kashnich
-
4 tishcha sarimsoqpiyoz
-
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab ziravorlar
Yo’nalishlar
Bu hozir ayni mavsumi bo’lgan ajoyib salat bo’lib, uni o’choqda tayyorlagan ma’qulroq albatta. Ammo buning iloji bo’lmasa, gaz pechida pishirilsa ham bo’laveradi.
Salatni qish uchun muzlatib qo’yishingiz mumkin, buning uchun baqlajon va bulg’or qalampirini gaz pechida pishirib olish kerak. Tayyor aralashmani (baqlajonlar go’shti va mayda to’g’ralgan bulg’or qalampiri) teng qismlarga bo’lib, paketlarga soling va muzlatgichga joylang. Qishda aralashma yumshashi uchun bir kun oldin paketni muzlatgichdan sovutgichga olib qo’ying. Unga ko’katlar, sarimsoqpiyoz va pomidor qo’shing. Pomidorlarni pishirish shart emas, ustidan qaynagan suv solib, po’stlog’idan tozalang va to’g’rab soling. Ta’bga qarab ziravorlar qo’shing.
Masalliqlar:
1 kilo baqlajon | |
4-5 ta qizil bulg'or qalampiri | |
4-5 ta pomidor | |
1 bog' kashnich | |
4 tishcha sarimsoqpiyoz | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab ziravorlar |
Duxovka pechini 200 darajagacha qizdiring. Duxovka patnisiga zar qog’oz (folga) yoki pishiriqlar uchun maxsus qog’oz to’shang (albatta, pishgan sabzavotlar sharbatidan qoladigan kirlardagi ovoragarchiliklardan o’zingizni xalos etmoqchi bo’lsangiz).
Baqlajonlarni patnisga joylashtiring va 45 daqiqa duxovkada pishiring. So’ng ularga bulg’or qalampirini qo’shingda, yana 15 daqiqa pishiring. Oxirida pomidorlar terilib 20 daqiqaga gaz pechiga qo'yiladi. Bu vaqt davomida barcha sabzavotlar pishadi va “yoriladi”. Agar baqlajonlaringiz katta hajmda bo’lsa, ularni qo’shimcha 15 daqiqa pishirganingiz ma'qul.
Sabzavotlarni sal sovutib oling. Baqlajonlarni o'rtasidan kesib, uzunasiga to'g'rab chiqing. Bulg’or qalampirini yupqa po’stlog’idan ajratib, urug'laridan tozalang va mayda qilib to’g’rang.
Sarimsoqpiyozni tozalang va sarimsoqpiyoz ezgichdan o’tkazing. Ko’katlarni mayda to’g’rang.
Barcha masalliqlarni aralashtiring, tuzlang, qora murch va achchiq qalampir seping. Xohishingizga qarab o’simlik moyi qo’shishingiz mumkin.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo baqlajon | |
4-5 ta qizil bulg'or qalampiri | |
4-5 ta pomidor | |
1 bog' kashnich | |
4 tishcha sarimsoqpiyoz | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab ziravorlar |