Uy sharoitida tayyorlangan «Ice coffee»
Masalliqlar:
-
4-6 choy qoshiq tabiiy maydalangan qahva
-
300 millilitr suv
-
3 osh qoshiq quyultirilgan sut"moloko"
-
xohishga qarab ko'pirtirilgan qaymoq
Yo’nalishlar
Bizlar issiq qahvadan iste’mol qilishga o’rganib qolganmiz. Ammo yaxna qahva ham jazirama yoz kunlarida tetiklashtiruvchi ajoyib ichimliklardan biri hisoblanadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4-6 choy qoshiq tabiiy maydalangan qahva | |
300 millilitr suv | |
3 osh qoshiq quyultirilgan sut | |
xohishga qarab ko'pirtirilgan qaymoq |
Maydalangan qahvaning teng yarmini oldindan muz bo'lakchalari uchun qaynatib olamiz.
Uni sovutib, doka ro'moldan o'tkazamiz va muz qolipchasiga quyamiz. Va qotishi uchun muzlatgichga olib qo'yamiz.
Qolgan qahvani qaynatib olamiz. Qaynagandan so'ng shu zahoti quyultirilgan sut bilan birgalikda aralashtirib olamiz.
Bunda quyultirilgan sut yaxshilab erishi kerak.
So'ng uni ham to'rli suzgich yoki doka ro'moldan o'tkazib olamiz.
Stakanlarga qahvali muz bo'lakchalarini solib chiqamiz. Ular qanchalik ko'p bo'lsa, shunchalik yaxshi.
Ustidan esa sovigan qahvani quyamiz. Va mazali ichimlikdan bahramand bo'lamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4-6 choy qoshiq tabiiy maydalangan qahva | |
300 millilitr suv | |
3 osh qoshiq quyultirilgan sut | |
xohishga qarab ko'pirtirilgan qaymoq |