fbpx
Uy sharoitida popkorn tayyorlash

Uy sharoitida popkorn tayyorlash

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oila davrasida popkorn yeb, biron bir film tomosha qilish qanday yaxshi! Buning uchun sizga makkajo’xori doni, mikroto’lqinli pech va 5 daqiqa bo’sh vaqtning o’zi kifoyadir.

Makkajo’xori donini bozorlardan topishingiz mumkin, faqat sotuvchilardan qaysi turi popkorn tayyorlashga mo’ljallanganini so’rashni unutmang!

Siz uyda ta’bingizdan kelib chiqqan holda, shirin, sho’rroq, karamelli va hattoki shokoladli popkorn ham tayyorlashingiz mumkin.

Masalliqlar:

Portsiya:
50 gramm makkajo'xori doni
10 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Popkorn tayyorlash uchun sizga mikroto'lqinli pechga mo'ljallangan, chidamli qopqoqli idish kerak bo'ladi.

Qadam 2
Tugallandi

Idishga bir qavat qilib makkajo'xori urug'larini solamiz.

Iloji bo'lsa, bu urug'larni popkorn tayyorlashdan oldinroq salqinroq joyda yoki sovutgichda saqlasangiz, tayyorlash jarayonida ular yaxshiroq ochiladi.

Qadam 3
Tugallandi

Donlarning ustidan sariyog'ni solasiz.

Qadam 4
Tugallandi

Idishni qopqog'ini yopasiz va 3-3.5 daqiqaga 1000 Vt ga mikroto'lqinli pechga yo'llaysiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyorlash jarayonida balandroq tovushlar chiqishi mumkin, bu oddiy holat.

Tayyor popkornni olamiz, tuz sepib aralashtiramiz va iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 5 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
50 gramm makkajo'xori doni
10 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
oldingi
Videoretsept: Turkcha burek
keyingi
Milly kafesidan retsept: Anorli choy

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.