
Tvorog-smetanali toblatma
Masalliqlar:
-
400 gramm tvorog
-
1 ta tuxum
-
35 gramm shakar
-
1 osh qoshiq bug'doy yormasi
-
Quymasiga:
-
350 gramm smetana
-
1 ta tuxum sarig'i
-
25 gramm shakar
-
0.5 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Bunday shirinlikning bir qoshiqqina yesangiz bas, uning ta’mini bir umrga eslab qolishingiz aniq.
Bunday shirinlik ikki qavatdan iborat bo’lib, pastki qavati – tvorogli, ustki qavati esa – smetanali bo’lib, mayin va o’zgacha ta’mda chiqadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm tvorog | |
1 ta tuxum | |
35 gramm shakar | |
1 osh qoshiq bug'doy yormasi | |
Quymasiga: |
|
350 gramm smetana | |
1 ta tuxum sarig'i | |
25 gramm shakar | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari |
Tvorogni blenderda maydalab olamiz, so'ng ustidan tuxumni chaqib solamiz va birga ko'pirtiramiz.
Bug'doy yormasi va shakarni solib, aralashtiramiz.
Qolipga sariyog' surtib, aralashmani quyamiz va 170 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Quymasiga smetana, tuxum sarig'i, shakr va vanil shakarini ham solib, aralashtiramiz.
Pechdan qolipni olib, ustidan smetanali aralashmani quyamiz. Pechga yana qo'yib, 15 daqiqa yana pishiramiz.
Toblatmani sovutamiz va xohishga qarab reza mevalar ilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm tvorog | |
1 ta tuxum | |
35 gramm shakar | |
1 osh qoshiq bug'doy yormasi | |
Quymasiga: |
|
350 gramm smetana | |
1 ta tuxum sarig'i | |
25 gramm shakar | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari |