fbpx
Turkcha «go’zleme» pishirig’i

Turkcha «go’zleme» pishirig’i

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Go’zleme — bu yupqa va juda mazali ta’mga ega turkcha pishiriq bo’lib, uning asosiga har kim o’zi xohlagan masalliqlardan soladi.

    Bizlar uni tayyor Yufka xamiridan tayyorlashga qaror qildik va bu xamirni hozir deyarli barcha supermarketlardan topish mumkin.

    Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 21 000 so’m sarf qilinadi.*

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Masalliqlar:

    1 ta o'ram "Yufka" xamiri
    300 gramn brinza
    100 gramm qattiq pishloq
    50 millilitr sut
    1 dona tuxum
    qovirish uchun o'simlik yog'i
    1 bog' shivit
    1 bog' petrushka
    Qadam 1
    Tugallandi

    Tuxumni idishga chaqib solamiz va sanchiq bilan biroz ko'pirtiramiz.

    Ustidan sutni solib, aralashtirib olamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Brinza va pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz. Ustidan to'g'ralgan ko'katlarni solib, aralashtiramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Tayyor yufka xamirini olib, teng to'rt bo'lakka bo'lamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Har bor xamir o'rtasiga 4 osh qoshiqdan brinzali aralashmadan solamiz. Avval bir tomoniga tuxumli aralashmadan surtib, asosni ustini yopamiz. Keyin qarama-qarshisidagi tomonga surtib, u tomonini ham asos ustidan qilib yopamiz. Keyin qolgan ikkala tomonini ham shu usulda buklaymiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Yog' solib, pastroq olovda qizdirilgan tovada avval chokli tomoni bilan solib qoviramiz, so'ng ag'darib, orqa tomonini qovurib olamiz. Yoqimli ishtaha!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    1 ta o'ram "Yufka" xamiri
    300 gramn brinza
    100 gramm qattiq pishloq
    50 millilitr sut
    1 dona tuxum
    qovirish uchun o'simlik yog'i
    1 bog' shivit
    1 bog' petrushka
    oldingi
    Videoretsept: Kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qoʻy goʻshti
    keyingi
    Tovuqli «cho’ntakchalar»

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.