Tovuq go’shtidan qilingan lo’la kabob
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq filesi
-
1 bosh piyoz
-
1 bog' shivit yoki kashnich
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Tovuq filesidan tayyorlangan xushbo’y va mazali lo’la kaboblar — juda oson tayyorlaniladigan taom bo’lib, hatto pazandachilikdan umuman xabari yo’q insonlar ham uni bemalol tayyorlay oladilar.
Sanoqli daqiqalar ichida esa ko’rinishi bilan ishtahani ochib yuboradigan taom dasturxoniingizda muntazir bo’ladi!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
1 bosh piyoz | |
1 bog' shivit yoki kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Cho'pchalarni suvga ivitib qo'yamiz.
Tovuq filesini mayda to'g'rab olamiz yoki go'sht qiymalagichdan chiqarib olamiz.
Qiymaga juda mayda to'g'ralgan ko'kat va piyozni solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.
Qiymani 3-4 daqiqa yaxshilab "urib chiqamiz". So'ng olib, 10 daqiqaga sovutgichga qo'yamiz.
Qo'limizni ho'llab, qiymadan uzunchoq kotletchalar yasab olamiz va cho'pchalarga terib chiqamiz.
Kaboblarni yog' solingan tovada, o'rtacha 5-7 daqiqa davomida qovurib pishiramiz.
Bunday taomni lavash, shuningdek olma sirkasi sepilgan ko'katlar yoki piyoz bilan birga tortishimiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
1 bosh piyoz | |
1 bog' shivit yoki kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |