fbpx
Tovuq go’shti va qovoqchadan tayyorlanilgan kotletlar

Tovuq go’shti va qovoqchadan tayyorlanilgan kotletlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda siz hali tovuq go’shti va qovoqcha qorishmasidan tayyorlaniladigan kotletlardan tayyorlamagan bo’lsangiz, unda hozir buning ayni mavridi.

Aynan qiymaga qovoqcha solinishi sabab ham, kotletlar juda mayin va sersuv bo’lib pishadi.

Quyidagi masalliqlardan 6-8 dona kotletlar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 10 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tovuq go'shti
150 gramm qovoqcha
10 dona tuxum
2 osh qoshiq un
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun qaymoq yoki smetana
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtini 0,5x0,5 sm kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qovoqchalarni yuvib artamiz va po'sti bilan birga qirg'ichdan chiqaramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tog'orachaga tovuq go'shti, qovoqcha, tuxum, tuz va murch solamiz.

Un solamiz va yana bir marta aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga ozroq o'simlik yog'i solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Osh qoshiq yordamida tovaga kotletlardan solamiz va aylana shakl beramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Past olovda 3-5 daqiqa qovuramiz, qopqog'ini yopsak ham bo'ladi.

Qadam 7
Tugallandi

Issiq kotletlarni smetana bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tovuq go'shti
150 gramm qovoqcha
10 dona tuxum
2 osh qoshiq un
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun qaymoq yoki smetana
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Banan va asalli keks
keyingi
La Cantine kafesidan retsept: Lasosdan tayyorlanilgan terrinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.