Tovuq go’shti va qo’ziqorindan tayyorlanilgan brusketta
Masalliqlar:
-
10 dona baget non bo'laklariqalinligi 2 sm li
-
200 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
10-15 dona shampinyon
-
200 gramm piyoz
-
150 gramm pomidor
-
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'iyoki boshqa bir qattiq pishloq
-
1 bog' petrushka
-
bir nechta ko'k piyoz shoxchasi
-
100 millilitr zaytun moyi
Yo’nalishlar
Tovuq go’shti va qo’ziqorindan tayyorlaniladigan brusketta italyancha yengil va shu navbatda to’yimli gazak bo’lib, tayyorlanilishi oson, ta’mi esa juda ham mazalidir.
Bunday bruskettalarga xohlagan masalliqlaringizidan solib, ta’mini yanada boyitishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
10 dona baget non bo'laklari | |
200 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
10-15 dona shampinyon | |
200 gramm piyoz | |
150 gramm pomidor | |
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i | |
1 bog' petrushka | |
bir nechta ko'k piyoz shoxchasi | |
100 millilitr zaytun moyi |
Baget noni bo'laklariga zaytun moyi surtamiz va 160 C haroratda qizdirilgan gaz pechiga 7 daqiqaga qo'yib, qizartirib olamiz.
Tovaga qovurishga mo'ljallangan zaytun yog'ini solamiz.
Yarim halqa qilib to'g'ralgan piyoz va mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyozni solib, qizartirib qovuramiz.
Tovuq go'shtini o'rtacha kattalikda to'rtburchak shaklda to'g'rab, piyoz bilan birga pishirib olamiz.
So'ng parrak qilib to'g'ralgan qo'ziqorin, ustidan to'rtburchak qilib to'g'ralgan pomidorni solamiz.
Qizartirilgan non bo'laklariga asoslardan solamiz va ustiga parmezan pishlog'idan sepamiz. Iliqligida dasturxonga tortib iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
10 dona baget non bo'laklari | |
200 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
10-15 dona shampinyon | |
200 gramm piyoz | |
150 gramm pomidor | |
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i | |
1 bog' petrushka | |
bir nechta ko'k piyoz shoxchasi | |
100 millilitr zaytun moyi |