Tovuq goʻshti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar
Masalliqlar:
-
1 kilo tovuq go'shti (lahm)
-
1 kilo gulkaram
-
1 bogʻ petrushka
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
belab olish uchun maydalangan suxari
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Sabzavotlar va tovuq goʻshtidan tayyorlangan kotletlar bir-birini toʻldirib, mayin va mazali boʻlib pishadi. Bunday kotletlar parhezbop sanalib, semirishga ham yoʻl qoʻymaydi.
Вunday kotletlarga gulkaramdan solishni taklif etamiz, uning solinganligi umuman bilinmaydi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 27 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq go'shti (lahm) | |
1 kilo gulkaram | |
1 bogʻ petrushka | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
belab olish uchun maydalangan suxari | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Tovuq goʻshti va gulkaramni goʻsht qiymalagichdan chiqarib olamiz. Petrushkani mayda toʻgʻrab solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.
Qiymadan kotletlar yasab, maydalangan suxariga belab olamiz.
Tovaga oʻsimlik yogʻini solib qizdiramiz va kotletlarni qizartirib qovurib olamiz.
Issiqqa chidamli qolipga kotletlarni terib chiqamiz va 220 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soat davomida pishirib olamiz.
Kotletlarni xohlagan gazak bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq go'shti (lahm) | |
1 kilo gulkaram | |
1 bogʻ petrushka | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
belab olish uchun maydalangan suxari | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |