Shokoladli fadj
Masalliqlar:
-
300 gramm quyultirilgan sut
-
360 gramm qora shokolad
-
bir chimdim tuz
-
100 gramm yong'oqlar
-
50 gramm mayiz
Yo’nalishlar
Shokoladli fadj — tayyorlanilishi juda oddiy, ta’mi juda mazali bo’lgan, shokolad shinavandalariga juda yoqadigan shirinlik bo’lib, uni uy sharoitida tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Uncha ko’p masalliqlarni talab qilmaydigan, har qanday dasturxonni bezaydigan shirinligimiz retseptiga diqqat qiling.
Uni funduk, yong’oq, bodom, pechenye va quritilgan mevalar solib ham tayyorlash mumkin.
Tayyorlaniladigan taomga 40 000 so’m pul sarflaysiz.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm quyultirilgan sut | |
360 gramm qora shokolad | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm yong'oqlar | |
50 gramm mayiz |
Shokoladni bo'lakchalarga bo'lib kosaga solamiz, ustidan quyulirilgan sut solib, 15-20 soniyadan mikroto'lqinli pechda eritib olamiz.
Bu vaqt mobaynida tez-tez aralashtirib turamiz.
Aralsahma bir xil eriganidan so'ng bir chimdim tuz sepib, yong'oq, mayizlarni solamiz va aralashtiramiz.
Biron bir konteynerga oziq-ovqat pelyonkasi to'shab, shokoladli aralashmani quyamiz.
Shokolad solingan qolipni sovutgichga 3-4 soatga yoki bir kechaga olib qo'yamiz.
Tayyor shirinlikni to'rtburchak qilib kesib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm quyultirilgan sut | |
360 gramm qora shokolad | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm yong'oqlar | |
50 gramm mayiz |