Shaftoli va malinali smuzi
Masalliqlar:
-
250 gramm malina
-
3 ta shaftoli
-
100 millilitr kefir
-
1 osh qoshiq asal
Yo’nalishlar
Meva-chevalar yoz faslida sevib va to’yib iste’mol qiladigan mahsulotlarimizdan biridir. Shaftoli va malinadan esa ajoyib ko’rinishli smuzi tayyorlash mumkin bo’lib, retsept bilan esa hoziroq tanishib olishingiz mumkin.
Bu nafaqat mazali, balki juda foydali ichimlikdir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 22 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Blender idishiga malin, kefir va asalning 1/2 qismini solamiz va ezib, maydalab olamiz. Alohida idishga olib solib qo'yamiz.
So'ng esa blender idishiga shaftolini bo'laklarga bo'lib solamiz. Ustidan qolgan kefir va asalni solib, blenderda ezib maydalaymiz.
Stakanlarga ikki xil smuzini navbati bilan solib chiqamiz. Ukllar aralashib ketmasligi uchun esa stakanni biroz egib, devooridan solish tavsiya qilinadi.
Smuzilarni stakan to'lguniga qadar quyamiz va ta'bga qarab, ustini yalpiz yaproqchalari bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.