Sersuv bo’lib pishadigan tovuqli kotletlar
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
250 gramm karam
-
100 gramm piyoz
-
1/2 choy qoshiqdan tuz va murch
-
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
10 gramdan yangi uzilgan shivit va kashnich
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Mazali va juda oson tayyorlaniladigan tovuqli kotletlar ko’ngildagidek chiqishi uchun, ba’zi bir qoidalarga amal qilish kerak bo’ladi.
Tovuq go’shtiga karam solinishi sabab ham, u sersuv bo’lib pishadi. Yoki boshqa masalliqlardan solish ham mumkin: gulkaram yoki qirg’ichdan chiqarilgan qizil sabzi.
Quyidagi masalliqlardan taxminan 12-13 dona kotletlar hosil bo’ladi.
100 gramm yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati: 175 kKal bo’lib, oqsillar — 20,4 gr, yog’lar — 8,3 gr, uglevodlar — 3,5 gr ni tashkil etadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
250 gramm karam | |
100 gramm piyoz | |
1/2 choy qoshiqdan tuz va murch | |
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
10 gramdan yangi uzilgan shivit va kashnich | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Tovuq go'shti, karam va piyozni go'shtqiymalagichdan chiqarib olamiz. Agar blenderda maydalamoqchi bo'lsangiz, unda ularni avval to'g'rab, undan so'nggina maydalab oling.
Tuz, murch va sarimsoqpiyoz kukunidan sepamiz. Maydalangan ko'katlarni solib, aralashtirib olamiz. Agarda siz bolalarga tayyorlab berayotgan bo'lsangiz, unda faqat tuz sepsanfiz ham bo'ladi.
Qiymali aralashmadan kotletlar yasab olamiz.
Ozgina yog' solingan tovaga kotletlarni terib, ikki tomonidan qizartirib olamiz. So'ng qopqog'ini yopib, 3-5 daqiqa dimlab pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
250 gramm karam | |
100 gramm piyoz | |
1/2 choy qoshiqdan tuz va murch | |
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
10 gramdan yangi uzilgan shivit va kashnich | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |