fbpx
Quymoqli tort «Qizil baxmal»

Quymoqli tort «Qizil baxmal»

Masalliqlar:

  • krem uchun

Yo’nalishlar

«Qizil baxmal» quymoqli torti – yorqin, mazali va ajoyib bo’lib, uning mayin quymoqlari va qaymoqli kremi og’izda eriydi.

Bunday tortni istalgan bo’yoq solib yoki solmasdan oddiy shokoladli quymoqli tort qilib pishirish mumkin.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
240 gramm un
2 osh qoshiq kakao kukuni
0,5 choy qoshiq tuz
90 gramm shakar upasi
4 ta katta tuxum
430 millilitr sut
220 millilitr kefir
ta'bga ko'ra vanil shakari
bir necha tomchi oziq-ovqat bo'yog'i
50 gramm sariyog'
krem uchun
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
300-350 gramm tvorogli pishloq
180 gramm shakar upasi
ta'bga ko'ra vanil shakari
sepish uchun bezaklar
Qadam 1
Tugallandi

quymoq tayyorlaymiz

Katta idishga un, kakao, shakar upasi va tuzni elakdan o'tkazib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra ustiga tuxumlarni chaqib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kefir va sut solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sariyog'ni eritamiz va uni vanil shakari bilan birga xamirimizga qo'shamiz. Aralashtirib, oziq-ovqat bo'yog'ini qo'shamiz.
Tayyor bo'lgan massani 30 daqiqaga xona haroratiga tindirishga qo'yib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor bo'lgan xamirdan quymoqlar pishirib olamiz. Quymoqni ikki tarafini 2 daqiqadan pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

krem tayyorlaymiz

Katta idishda sovuq qaymoqni mikser yordamizda quyulgunicha aralashtirib olamiz. So'ngra shakar upasini qo'shib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qaymoqli massa quyilganidan so'ng tvorogli pishloq qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Har bir quymoq ustidan krem surib, tort yasaymiz va eng oxirida ta'bga ko'ra bezatamiz.
Quymoqli tortni 3 soatga muzlatgichga qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 80 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
240 gramm un
2 osh qoshiq kakao kukuni
0,5 choy qoshiq tuz
90 gramm shakar upasi
4 ta katta tuxum
430 millilitr sut
220 millilitr kefir
ta'bga ko'ra vanil shakari
bir necha tomchi oziq-ovqat bo'yog'i
50 gramm sariyog'
krem uchun
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
300-350 gramm tvorogli pishloq
180 gramm shakar upasi
ta'bga ko'ra vanil shakari
sepish uchun bezaklar
oldingi
Suli yormasi va asalli pechenyelar
keyingi
«Bahor» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.