fbpx
Qulupnay, yalpiz va bananli smuzi

Qulupnay, yalpiz va bananli smuzi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qulupnay va banandan tayyorlanilgan smuzi nafaqat mazali ichimlikdir, balki chanqoqni qondirib, organizmni vitamin va minerallar bilan to’yintiruvchi, qorinni uzoq vaqt to’q tutuvchi ajoyib nonushta hamdir.

Smuzini asosan ertlaba nonushtada, ertalabki badan tarbiyadan so’ng iste’mol qilinadi.

Bunday ichimlikni yangi qulupnaylardan ham, muzlatilganidan ham tayyorlash mumkin.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 10 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta banan
100 gramm qulupnay
10 dona yalpiz yaproqchalari
200 millilitr olma sharbati
1 choy qoshiq asal
Qadam 1
Tugallandi

Bananni parrak qilib to'g'raymiz va 10 daqiqa muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qulupnaylarni yuvib, dumchasidan tozalaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Blender idishiga muzlatilgan banan, qulupnay va yalpiz yaproqchalarini solamiz, ustidan olma sharbati va xohishga qarab 1 choy qoshiq asal ham solamiz.

Blenderda yaxshilab maydalaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor bo'lganida darrov iste'mol qilamiz. Smuzilarni saqlab qo'yish kerak emas, ularni tezda iste'mol qilish shart.

Muallif: Sitora

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta banan
100 gramm qulupnay
10 dona yalpiz yaproqchalari
200 millilitr olma sharbati
1 choy qoshiq asal
oldingi
Batafsil fotoretsept: «Snikers» torti
keyingi
Edison kafesidan retsept: teriyaki qaylasida pishirilgan tovuq va guruchli lapsha

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.