fbpx
Qovoqli quyuq sho’rva

Qovoqli quyuq sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu haftada havo iliq va quyoshli bo’lishi bashorat qiliniyotgan ekan, mazali, yorqin, oson tayyorlanadigan va to’yimli sho’rvalar tayyorlashning ayni payti. 

Sizlarga bu safar kuzda sevib iste’mol qilsa bo’ladigan, yorqin rangdagi qovoqli krem-sho’rvani tayyorlashni maslahat beramiz.

Bunday sho’rva tayyorlashning ko’p usullari mavjud bo’lib, biz sizlarga o’zimizning oddiy va tez tayyorlanadigan, lekin juda mazzali bo’lgan turini o’rgatamiz.

Sho’rvaga xohishga qarab, sabzavotli yoki tovuqli bulyon qo’shiladi. Agar bir oz qaymoq ham qo’shilsa, unda to’yimli quyuq sho’rva amrimga muntazir deyavering. Bu ovqat yangi yanchilgan qora murch yoki qovoq urug’lari bilan dasturxonga tortiladi.

 

Masalliqlar:

500 gramm qovoq
1 bosh piyoz
1 dona sabzi
50 millilitr o'simlik yog'i
500 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i
Qadam 1
Tugallandi

Piyoz va sabzi po'sti archiladi va kichik qilib to'g'raladi.
Qovoq po'sti va urug'idan tozalaniladi va mayda qayroqcha shaklida to'g'raladi.

Qadam 2
Tugallandi

Tovada yog' qizdiriladi va avval piyoz bilan sabzi 5 daqiqacha qovuriladi, so'ng to'g'ralgan qovoq solib qovurishda davom etiladi.

Qadam 3
Tugallandi

Yana 5 daqiqa qovurilgandan so'ng, olov pasaytirilib, tayyor bo'lguncha dimlab qo'yiladi.
So'ng bulyon solib, qaynash darajasiga yetkaziladi.

Qadam 4
Tugallandi

Sho'rva blender yordamida ezg'ilanadi va ehtiyojga qarab bulyon qo'shiladi.

Qadam 5
Tugallandi

Barcha ziravorlar solib aralashtiriladi va yana tovaga quyib, 2-3 daqiqa davomida qizdriladi.
Shunday qilib, bizning krem-sho'rvamiz iste'mol qilishga tayyor. Bu ovqatni quritilgan qovoq urug'lari yoki sarimsoqpiyoz qo'shib quritilgan non bo'laklari bilan tortiladi. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm qovoq
1 bosh piyoz
1 dona sabzi
50 millilitr o'simlik yog'i
500 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i
oldingi
Qo’ziqorinli quyuq sho’rva
keyingi
Yasmiqli quyuq sho’rva

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.