fbpx
  • Asosiy
  • Qovoqcha va tovuqli go’shtdan tayyorlangan «Kannelonlar»
Qovoqcha va tovuqli go’shtdan tayyorlangan «Kannelonlar»

Qovoqcha va tovuqli go’shtdan tayyorlangan «Kannelonlar»

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Kannelonlar bu aylanasi 2-3 sm li italyancha makaronlar bo’lib, ularning ichiga har xil asoslardan solib tayyorlashadi.

Bugun esa bizlar sabzavotlardan tayyorlaniladigan kannelonlar retseptini taqdim etamiz.

100 gramm taomning taxminiy ozuqaviy qiymati: 70.76 kKal, oqsilar — 6.75 gr, yog’lar — 2.32 gr, uglevodlar — 5.27 gr.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 27 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi. 

Masalliqlar:

250 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
1 bosh piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 ta qovoqcha
100 gramm po'stidan tozalangan pomidor
20 gramm motsarella pishlog'i
10 gramm parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qaylasiga:
200 millilitr 2% li sut
15 gramm suli yormasi uni
15 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz va murch
pichoq uchida maydalangan muskat yong'og'i
Qadam 1
Tugallandi

Tovuqni mayda bo'lakchalarga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sarimsoqpiyozni maydalab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidorni po'stini tozalab, mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz. Agarda siz pomidor pastasidan solmoqchi bo'lsangiz, unda uning ustidan 2 osh qoshiq suv solib, aralashtirib oling.

Qadam 5
Tugallandi

Tovaga 1 osh qoshiq o'simlik yog'ini solib qizdiramiz, ustidan piyozni solib ikki daqiqa qovurib olamiz. So'ng sarimsoqpiyozni solib, birga bir daqiqacha qovuramiz. Pomidornu solib, aralashtiramiz va birga qovuramiz. Va nihoyat eng oxirida to'g'ralgan tovuqlarni solsak, asos tayyor!

Qadam 6
Tugallandi

Qovoqchalarni teng ikkiga bo'lamiz. Sabzavot archgich yordamida ulardan yupqa slayslar kesib olamiz. So'ng ularni bitta-bitta likopchaga qo'yib, ichiga asosdan qo'yamiz va xuddi ruletdek o'rab chiqamiz.

Agarda qovoqchalar sinib ketsa, unda ularni likopchag terib, bir daqiqadan mikroto'lqinli pechda qizdirib oling. Shunda ular sinib ketmaydi.

Qadam 7
Tugallandi

Qayla

Past olovni yoqib qozonchani ustiga qo'yamiz, sariyog' va unni solib, biroz qovurib olamiz. So'ng sutni oz-ozdan solamiz. Past olovda qaynatamiz. Ustida pufakchalar paydo bo'lganida esa tuz, murch va muskat yong'og'idan sepsak, qayla ham tayyor.

Qadam 8
Tugallandi

Qolipga biroz qayladan solamiz, ustidan kanellonlarni teramiz va qolgan qaylani quyamiz. So'ng pishloqlarni sepib, 190 C darajada 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
1 bosh piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 ta qovoqcha
100 gramm po'stidan tozalangan pomidor
20 gramm motsarella pishlog'i
10 gramm parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qaylasiga:
200 millilitr 2% li sut
15 gramm suli yormasi uni
15 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz va murch
pichoq uchida maydalangan muskat yong'og'i
oldingi
«Vinegret» salati
keyingi
Behi bilan gaz pechida pishirilgan tovuq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.