fbpx
Qorag’atli murabbodan pirog

Qorag’atli murabbodan pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday pirog-pechenye barchamizga bolaligimizni eslatishi aniq. Uvalanib ketadigan xamir, qorag’atning nordongina ta’mi bir-birini to’ldiradi.

Bu pirog tayyorlanishi juda ham oson bo’lib, ko’p vaqtingizni ham olmaydi. Murabboni xohishingizga qarab tanlayvering, faqat nordonroq ta’mda bo’lsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Masalan: malinali yoki olchali murabbo.

Masalliqlar:

150 gramm margarin yoki sariyog'
100 gramm shakar
2 ta tuxum sarig'i
1 ta tuxum
400 gramm un
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum, tuxum sarig'i, shakar va tuz hammasi bitta idishga solinadi va yaxshilab ko'pirtiriladi.

Qadam 2
Tugallandi

Ko'pirtirishda davom etib, oz-ozdan yumshatilgan sariyog' yoki margarin solib yana ko'pirtiraveramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un va qabartma elab olinadi va sariyog'li massaga solinadi.

Xamir shar shakliga kirgunicha bir oz aralashtirasiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir ikkiga - katta va kichikroq bo'laklarga ajratiladi.

Kattasi sovutgichga, kichkinasi esa muzlatgichga qo'yiladi.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirning katta bo'lagi sovutgichdan olinadi va 3 mm qalinlikda yoyiladi.

Gaz pechi patnisiga yog'langan qog'oz to'shab, ustidan xamir qo'yiladi va ustidan murabbo surib chiqiladi.

Qadam 6
Tugallandi

Endi esa xamirning kichik bo'lagi olinadi va qirg'ichning katta tishchasidan o'tkazib, pirogni ustiga sepib chiqiladi.

Qadam 7
Tugallandi

200 C da qizdirilgan duxovkada 15 daqiqa davomida tillarangga kirgunicha pishirib olinadi.

Pirog sovigandan so'ng kesishingiz mumkin.

Agar bu pirog-pechenyeni idishga solib ustini yopib qo'ysangiz, uzoq vaqtgacha yaxshi saqlab qolgan bo'lasiz.

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Oddiy
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm margarin yoki sariyog'
100 gramm shakar
2 ta tuxum sarig'i
1 ta tuxum
400 gramm un
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq qabartma
oldingi
Xurmoli tryufellar
keyingi
Videoretsept: shokoladli tomchilardan pechenyelar

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.