fbpx
Qizil lavlagi va yong’oqdan tayyorlangan salat

Qizil lavlagi va yong’oqdan tayyorlangan salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Juda oddiy va oson tayyorlaniladigan bu salat mazali bo’lib, ta’mi hammaga birdek yoqishi aniq.

Bu salat uchun qizil lavlagini qaynatish ham mumkin, ammo pishirilgan lavlagida vitaminlar ko’proq saqlanib qolinadi, ta’mi ham yanada mazaliroq chiqadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 5 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

400 gramm qizil lavlagi
3 osh qoshiq qaymoq yoki smetana
60 gramm tozalangan yong'oq
2 osh qoshiq mayonez
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qizil lavlagini zar qog'oz (folga)ga o'rab olamiz va gaz pechiga qo'yib, 190 C darajada 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Lavlagini sovutib, po'stini archamiz va qorg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan maydalangan sarimsoqpiyoz, ozroq maydalangan yong'oq solib aralashtirib olamiz.

Tavsiya: yong'oqni juda maudalab yubormang, biroz kattaroq bo'lsa, salat yanada mazaliroq chiqadi.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan smetana va mayonezni solamiz, tuz va murch sepib aralashtirib olamiz. Ustiga yong'oqdan sepib bezatamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm qizil lavlagi
3 osh qoshiq qaymoq yoki smetana
60 gramm tozalangan yong'oq
2 osh qoshiq mayonez
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Parhezbop vatrushka
keyingi
Chimchi – koreyscha karamli salat

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.