Qizil boshli karam va rukkoladan salat
Masalliqlar:
-
400 gramm qizil boshli karam
-
1-2 ta pomidor
-
0.5 bog' ko'k piyoz
-
2 bog' rukkola ko'kati
-
0.5 ta limon
-
0.5 choy qoshiq shakar
-
ta'bga qarab tuz
-
3-4 qoshiq zaytun moyi
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga qizil boshli karam va rukkoladan tayyorlaniladigan yengil va foydali salat tayyorlashni o’rgatamiz.
Bu salat vitaminlarga juda ham boy bo’lib, ko’pchilikka yoqishi aniq.
Masalliqlar:
400 gramm qizil boshli karam | |
1-2 ta pomidor | |
0.5 bog' ko'k piyoz | |
2 bog' rukkola ko'kati | |
0.5 ta limon | |
0.5 choy qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz | |
3-4 qoshiq zaytun moyi |
Karamni yupqa somoncha shaklida to'g'raymiz.
Katta idishga solamiz, shakar va tuz sepib qo'lda yaxshilab aralashtiramiz.
Rukkolani muzdek suvda yuvib, ildizini kesib tashlab karam ustiga solamiz.
Pomidorni aylana shaklda yupqa to'g'rab, idishga solamiz.
Ko'k piyozni ham yuvib to'g'rab solamiz.
Barcha sabzavotlarni aralashtiramiz, zaytun moyi va limon sharbatini solib aralashtiramiz.
Salatimiz ham tayyor, yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm qizil boshli karam | |
1-2 ta pomidor | |
0.5 bog' ko'k piyoz | |
2 bog' rukkola ko'kati | |
0.5 ta limon | |
0.5 choy qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz | |
3-4 qoshiq zaytun moyi |