fbpx
Qiyomli olmalar bilan pishirilgan tuxumli non (grenkilar)

Qiyomli olmalar bilan pishirilgan tuxumli non (grenkilar)

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar nonushtaga biron bir noodatiy taom tayyorlamoqchi bo’lsangiz, unda albatta «Qiyomli olmalar bilan pishirilgan tuxumli non» retseptiga ahamiyat bering.
Olma va dolchinning yoqimli va rohatbaxsh hidi qishning sovuq tongida, sizga yaxshi kayfiyat ulashadi.

Tayyor taomning taxminiy qiymati – 20 000 so’m.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta baget yoki sendvichga mo'ljallangan non bo'laklari
2 ta o'rtacha kattalikdagi olma
3 osh qoshiq shakar
50 gramm sariyog'
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 ta tuxum
1 osh qoshiq sut
ta'bga ko'ra dolchin
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishda tuxum, sut va maydalangan dolchinni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'i quyamiz.
Baget bo'laklarini tuxum va sut aralashmasiga botirib,ikki tomonlama 1-1, 5 daqiqa davomida o'rta olovda qovurib olamiz.
Tayyor tuxumli nonlarni likopchaga solib chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Boshqa tovada sariyog'ni eritib ustidan shakar solamiz va shakar erib qiyom hosil bo'lishini kutamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor qiyomga to'rtburchak shaklda to'g'ralgan olmalarni solamiz va ustidan 1-2 qoshiq suv quyamiz.
O'rtacha olovda 3-4 daqiqa yarim tayyor holga kelguncha pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor qiyomli olmalarni tuxumli non ustidan quyib, dolchin va shakar upasi bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta baget yoki sendvichga mo'ljallangan non bo'laklari
2 ta o'rtacha kattalikdagi olma
3 osh qoshiq shakar
50 gramm sariyog'
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 ta tuxum
1 osh qoshiq sut
ta'bga ko'ra dolchin
oldingi
Asalli nok bilan pishirilgan tovuq go’shti
keyingi
Qo’ziqorinli krem-sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.