fbpx
Qisqichbaqa tayoqchalarili asosdan lavash

Qisqichbaqa tayoqchalarili asosdan lavash

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Biz sizning e’tiboringizga faqat uchta ingredientdan iborat juda oddiy, mazali nonushta taqdim etmoqchimiz. Retsept tez, oddiy va kamharj.

Va shuningdek, bunday konvertlar kam kaloriyali hamdir. Ushbu uchburchaklarni ko’kat, sarimsoqpiyoz va kefirdan tayyorlangan qayla bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
200 gramm motsarella pishlog'i
1-2 ta lavash xamiri
Qadam 1
Tugallandi

Motsarella pishlog'ini mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz yoki qirg'ichdan chiqaramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qisqichbaqa tayoqchalarini mayda qilib to'g'rab, pishloq bilan aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yupqa lavash xamirini eni 7-8 sm, uzunligi 15-20 sm keladigan qismlarga bo'lamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirning bir chetiga tahminan 1 osh qoshiq asos solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Chetidan uchburchak shaklida o'raymiz va oxirigacha uchburchak shaklida o'rab chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyorlangan konvertlarni quruq tovada o'rtacha olovda 3-5 daqiqa ikki taraflama qovuramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
200 gramm motsarella pishlog'i
1-2 ta lavash xamiri
oldingi
Videoretsept: qurabiya
keyingi
Videoretsept: sharlotka

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.