Qisqichbaqa tayoqchalaridan tayyorlangan kartoshkali kotletlar
Masalliqlar:
-
300 gramm kartoshkali pyuresovuq bo'lishi kerak
-
100 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
-
60 gramm tuzlangan bodring
-
bir nechta petrushka yoki kashnich shoxchalari
-
1 choy qoshiq xantal
-
50 gramm un
-
1 ta tuxum
-
100 gramm maydalangan suxari
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Kartoshkali kotletlarning noodatiy, ammo juda-juda mazali variantini taqdim etamiz. Keling kotletlarni har doim ham go’shtdan tayyorlayvermaylik-da, yaxshisi taomnomaga yangilik kiritaylik.
Kartoshkali kotletlar juda tez va oson tayyorlanadi. Shu bilan ushbu taom ham vaqtingizni, ham naqtingizni tejaydi. Chunki u oddiy masalliqlardan tayyorlanadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm kartoshkali pyure | |
100 gramm qisqichbaqa tayoqchalari | |
60 gramm tuzlangan bodring | |
bir nechta petrushka yoki kashnich shoxchalari | |
1 choy qoshiq xantal | |
50 gramm un | |
1 ta tuxum | |
100 gramm maydalangan suxari | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Katta idishda kartoshkali pyure, to'g'ralgan qisqichbaqa tayoqchalari va maydalangan kashnich va petrushkani aralashtiramiz.
Tuzlangan bodringni mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz va suvini yaxshilab siqamiz. Ortiqcha suvni keragi yo'q. Pyureli aralashmaga solamiz.
Xantal solib, tuz va murch sepamiz.
Un va ozroq ko'pirtirilgan tuxumni solamiz. Barchasini yaxshilab aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan massadan dumaloqchalar yasab olamiz. Dumaloqchalar shaklini ushlashi lozim. Agar ushlay olmasa ozroq un qo'shish mumkin.
Har bir dumaloqchalarni maydalangan suxariga "shayba" shaklini bergan holda ezib, bulg'ab olamiz.
Masalliqlar:
300 gramm kartoshkali pyure | |
100 gramm qisqichbaqa tayoqchalari | |
60 gramm tuzlangan bodring | |
bir nechta petrushka yoki kashnich shoxchalari | |
1 choy qoshiq xantal | |
50 gramm un | |
1 ta tuxum | |
100 gramm maydalangan suxari | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |