Qaynatilgan kremli qavatchalar
Masalliqlar:
-
1 ta tayyor qatlama xamir
-
300 millilitr sut
-
3 ta tuxum sarig'i
-
30 gramm makkajo'xori kraxmali
-
75 gramm shakar
-
2 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Qaynatib pishirilgan kremli qavatchalar – bu oddiy masalliqlardan pishirsa bo’ladigan eng mazali desert.
Bunday shirinliklni oshxonangizda tayyorlash juda oson, shunday ekan pishirib ko’rishingizni maslahat beramiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta tayyor qatlama xamir | |
300 millilitr sut | |
3 ta tuxum sarig'i | |
30 gramm makkajo'xori kraxmali | |
75 gramm shakar | |
2 choy qoshiq vanil shakari |
Sutni shakar yarimi va vanil shakari bilan isitamiz. Idish qopqog'ini yopib, 10 daqiqa tindirib qo'yamiz.
Tuxum sarig'ini qolgan shakar va kraxmal pilan venchik yordamida yaxshilab aralashtiramiz.
Sutni olovga qaytarib, qaynatamiz. Qaynoq sutning yarimini tuxum sarig'ili aralashmaga quyib, tez-tez aralashtiramiz.
Tuxum sarig'ili aralashmani sutga qaytarib quyamiz va past olovda aralashtirib turgan holda quyilgunicha pishiramiz.
Kremni sovutamiz.
Qatlamani xamirni oldindan eritib, so'ngra 3-4 mm qalinlikda yoyib olamiz va 10*10 santimetrli to'rtburchaklarga kesib olamiz.
Tor'rtburchakning har bir burchagini o'rtasidan kesib chiqamiz.
Qoshiq yordamida kremni to'rtburchakning o'rtasiga qo'yamiz. So'ngra hosil bo'lgan uchburchakning chap burchaklarini o'rtaga olib kelib, birlashtiramiz. Natijada tegirmonga o'xshash shakl hosil bo'lishi kerak.
Masalliqlar:
1 ta tayyor qatlama xamir | |
300 millilitr sut | |
3 ta tuxum sarig'i | |
30 gramm makkajo'xori kraxmali | |
75 gramm shakar | |
2 choy qoshiq vanil shakari |