fbpx
Qatlamali xamir va tovuqdan tayyorlangan «qopchalar»

Qatlamali xamir va tovuqdan tayyorlangan «qopchalar»

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oddiy qatlamali xamir va tovuq go’shtidan original ko’rinishdagi pishiriqlardan tayyorlash mumkin bo’lib, buning uchun ko’p vaqt ham, mablag’ ham talab etilmaydi.

Ayniqsa, bayram yoki tadbirlarda bunday pishiriqlar dasturxoningizga o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
200 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
3-4 shoxcha ko'k piyoz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Qiymasini tayyorlab olamiz. Qiymaga to'g'ralgan ko'k piyoz, tuz,murch va paprika solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan xamirni 3 mm yupqalikda, to'rtburchak shaklda yoyib olamiz va 12 bo'lakka kesib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Har bir xamir bo'lagining o'rtasiga 1 choy qoshiqdan to'la qiyma solib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir chetlarini birlashtirib, "qopchalar" hosil qilamiz. Shuningdek xohishga qarab, pazandachilikka mo'ljallangan iplardan foydalanib, bog'lab chiqsak ham bo'ladi.

Qadam 5
Tugallandi

Qopchalarga tuxum sarig'idan surtib,kunjut sepamiz va 190 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 12
  • Oddiy
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
200 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
3-4 shoxcha ko'k piyoz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Dolchin va kakaoli rogaliklar
keyingi
Baliqli kotletlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.