Qatlama xamir ichida pishirilgan tovuq oyoqchalari
Masalliqlar:
-
5 dona tovuq oyoqchalari
-
1 osh qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar
-
1 choy qoshiq xushbo'y qora murch
-
1-2 choy qoshiq tuz
-
500 gramm tayyor qatlama xamir
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
sepish uchun kunjut
-
1 dona tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Qatlama xamir ichiga yashiringan tovuq oyoqchalaridan bunday taom juda tez va oson tayyorlaniladi. Ta’miga esa o’zingiz ham pishirib, so’ng amin bo’lishingiz mumkin.
Tovuq oyoqchalaridan ajralgan suvini esa xamir o’ziga shimdirib oladi va umuman o’zgacha ta’m kasb etadi.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
5 dona tovuq oyoqchalari | |
1 osh qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar | |
1 choy qoshiq xushbo'y qora murch | |
1-2 choy qoshiq tuz | |
500 gramm tayyor qatlama xamir | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
sepish uchun kunjut | |
1 dona tuxum sarig'i |
Xamirni oldindan xona haroratida yumshatib olamiz.
Tovuq oyoqchalarini yuvib, tuz, murch va ziravorlarni sepamiz.
15 daqiqaga qoldiramiz.
Tovaga yog'ni solib, yaxshilab qizdiramiz va baland olovda tovuq oyoqchalarini qizarguniga qadar yaxshilab qovurib olamiz.
Qovurilgan oyoqchalarni qog'oz sochiq ustiga teramiz.
Qatlama xamirni 0.5 sm qalinlikda yoyib, undan eni 2 sm li 10-12 ta uzun lentalar kesib chiqamiz.
Tovuq oyoqchalarini suyakchali joyini qoldirib, kesilgan xamir bilan xuddi spiraldek o'rab chiqamiz.
So'ng ularni pergament qog'oz to'shalgan patnis ustidan terib chiqamiz.
Ustidan tuxum sarig'i surtib, kunjut sepamiz.
Ochiq suyakchali joyini esa folga bilan yopamiz.
Oldindan 190 C darajada qizdirilgan pechda 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
5 dona tovuq oyoqchalari | |
1 osh qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar | |
1 choy qoshiq xushbo'y qora murch | |
1-2 choy qoshiq tuz | |
500 gramm tayyor qatlama xamir | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
sepish uchun kunjut | |
1 dona tuxum sarig'i |