fbpx
Pishloq va ko’katli dangasa pirojkalar

Pishloq va ko’katli dangasa pirojkalar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Ushbu pirojkalar xamirturushsiz va juda yumshoq, xushbo’y, mazali va eng muhimi, zararli emas. Bunday xamir yordamida siz har qanday nachinka bilan pirojka tayyorlashingiz mumkin.

Nonushta yoki gazak uchun juda yaxshi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
400 gramm tvorog
2 ta tuxum
160 gramm guruch uni
0,5 choy qoshiq tuz
qovurish uchun zaytun moyi
nachinkasi uchun
120 gramm pishloq
2 ta tuxum
1 bog' shivit
0,5 bog' ko'k piyoz
ta'bga ko'ra tuz
Qadam 1
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Tuxumni qaynatib, to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichdan o'tkazamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shivit va ko'k piyozni mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Barcha masalliqlarni idishga solib, tuz sepib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga tvorog, tuz va tuxum solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra un solib, xamir qoramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor xamirni 8 ta bir xil bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qo'limizni unlab, har bir bo'lakchalarni qo'lda 9-10 sm diametrda yoyib, 1 osh qoshiqdan nachinka solamiz va tugib, pirojkalar hosil qilamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tovani olovga qo'yib, zaytun moyi surtamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pirojkalarni qizigan yog'da tova qopqog'ini yopgan holda 4 daqiqadan ikki taraflama qovurib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor pirojkalarni likopchalarga solib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
400 gramm tvorog
2 ta tuxum
160 gramm guruch uni
0,5 choy qoshiq tuz
qovurish uchun zaytun moyi
nachinkasi uchun
120 gramm pishloq
2 ta tuxum
1 bog' shivit
0,5 bog' ko'k piyoz
ta'bga ko'ra tuz
oldingi
Tvorogli krendellar
keyingi
«Nuqta-nuqta»ga ega blinchiklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.