Pishirishni talab qilmaydigan shokoladli chizkeyk
Masalliqlar:
-
Biskvitiga:
-
75 gramm sariyog'
-
75 gramm qora shokolad
-
150 gramm un
-
2 osh qoshiq kakao
-
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1/4 choy qoshiq tuz
-
120 gramm shakar
-
1 dona tuxum
-
Pishloqli qavatiga:
-
400 gramm qora shokolad
-
300 gramm tvorogli pishloq
-
40 gramm shakar
-
2 osh qoshiq yangi damlangan qahva
-
350 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
bezatish uchun malina
Yo’nalishlar
Chizkeyklar shirinlik sevuvchilar qalblarining tub-tubidan joy olishga ulgurishgan. Shu sababli ham pishirish talab etilmaydigan shokoladli chizkeyk retseptini siz azizlarga ham taqdim etishga shoshilamiz.
Odatda ana shu pishloqli qavatini pishirish bekajonlarga qiyinchilik tug’diradi. Bizning retseptdan foydalanib, juda mazali chizkeyk pishirib, yaqinlaringizni, ayniqsa bolajonlarni juda ham xursand qila olasiz.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 97 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Biskvitiga: |
|
75 gramm sariyog' | |
75 gramm qora shokolad | |
150 gramm un | |
2 osh qoshiq kakao | |
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
120 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
Pishloqli qavatiga: |
|
400 gramm qora shokolad | |
300 gramm tvorogli pishloq | |
40 gramm shakar | |
2 osh qoshiq yangi damlangan qahva | |
350 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
bezatish uchun malina |
Biskvit
Suv bug'ida sariyog' va shokoladni eritib olamiz va biroz sovutamiz.
Tog'orachaga un, kakao, tuz va iste'mol sodasini solamiz.
Boshqa idishga esa tuxum, shakar va shokoladli aralashmani solamiz. Bu ikkita aralashmani birlashtiramiz.
Xamirni aylanasi 18 sm li, pergament qog'oz to'shalgan qolipga solamiz.
160 ° darajada qizdirilgan gaz pechida 20 -25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishloqli qavat
Shokoladni suv bug'ida eritib, ozroq sovutib olamiz.
Pishloqni shakar va yangi damlangan, lekin sovutilgan qahva bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
So'ng ustidan sovigan shokoladni solib aralashtiramiz.
Muzdek qaymoqni ko'pirtirib olamiz va shokoladli aralashmaga solamiz.
Massani biskvit ustiga solamiz, ustini tekislab 5-6 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng olib, qolipdan ajratamiz va ustini malina bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Biskvitiga: |
|
75 gramm sariyog' | |
75 gramm qora shokolad | |
150 gramm un | |
2 osh qoshiq kakao | |
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
120 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
Pishloqli qavatiga: |
|
400 gramm qora shokolad | |
300 gramm tvorogli pishloq | |
40 gramm shakar | |
2 osh qoshiq yangi damlangan qahva | |
350 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
bezatish uchun malina |
2 Sharhlar Hide Comments
sir nega solinadi
Assalomu aleykum! Chizkeyklar, odatda pishloqdan tayyorlaniladi. Chunki «cheese» – pishloq, «cake» esa pirog, ya’ni pishloqli pirog degan ma’noni bildiradi. Lekin siz bizning saytda suzmadan tayyorlaniladigan chizkeyk retseptini ham topishingiz mumkin.